O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
30 avgust 2021 5155 1 daqiqa
Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
• 460 000 dozasi "Sputnik V",
• 986 480 dozasi AstraZeneca,
• 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
• 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
“Sputnik V”ning bu komponenti ushbu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan.
Live
Barchasi