O‘zbekistonga sayyohlar ko‘proq qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga 8 oy davomida sayyohlik maqsadida 3 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 mln nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga o‘tgan 8 oy davomida eng ko‘p Qozog‘iston fuqarolari sayohat maqsadida kelgan – 922,7 ming kishi.

8 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning davlatlar kesimida taqsimoti:

•  Qozog‘iston – 922,7 ming nafar;
•  Qirg‘iz Respublikasi – 821,9 ming nafar;
•  Tojikiston – 814,5 ming nafar;
•  Rossiya – 316,9 ming nafar
•  Turkiya – 45,8 ming nafar
•  Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar
•  Germaniya – 10,3 ming nafar
•  AQSH – 7,8 ming nafar
•  Hindiston – 6,7 ming nafar
•  Fransiya – 6,4 ming nafar
•  Ozarbayjon – 6,1 ming nafar
•  Isroil – 6,6 ming nafar
•  Buyuk Britaniya – 6 ming nafar
•  Italiya – 4,7 ming nafar
•  Ispaniya – 3,1 ming nafar.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  xorijiy fuqarolar O‘zbekistonga o‘tgan yilga nisbatan 2,6 barobar ko‘p chipta band qilgan va qidirgan. O‘tgan yozga nisbatan rossiyaliklar O‘zbekistonga chiptalarni 141 foizga ko‘p xarid qila boshlagan, koreyslar tomonidan talab 180 foizga oshgan. Turkiya fuqarolari O‘zbekistonga 144 foizga ko‘proq tashrif buyurishgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing