O‘zbekistonga Misrdan 10 ta buqalamun olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
31 avgust 2022
10303Avvalroq, yo‘llari orqali Qohira – Toshkent yo‘nalishida “Toshkent” xalqaro aeroportiga kirib kelgan yo‘lovchi yashirin tarzda 56 ta timsoh bolalarini olib o‘tishga uringani va qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik. Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu holatga oid boshqa ma’lumotlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, Qohiradan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining yuklari orasida 10 ta buqalamun ham borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, 30 avgust kuni “Toshkent” xalqaro aeroportiga Misr davlatidan uchib kelgan fuqarolarning qo‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda rentgen uskunalari orqali tekshirilganida, yo‘lovchilardan birining yuklari bojxonachilar e’tiborini tortgan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida, fuqaro M.S. yashirincha 56 bosh tirik timsoh bolalarini tegishli hujjatlarsiz yashirincha olib kelayotgani fosh bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million so‘mni tashkil qiladi.
Tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan mazkur “Nil timsohi” turiga mansub timsoh bolalari tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Shuningdek, 31 avgust kuni esa Misrdan Toshkentga uchib kelgan fuqarolar Toshkent xalqaro aeroportida yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, ular orasidagi fuqaro Ya.J. bezovtalanishi tufayli o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidagi plastik idishda 10 dona buqalamun borligi aniqlangan.
Ushbu buqalamunlarning umumiy qiymati 54,7 millionni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda buqalamunlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli, mutaxassislar tomonidan ulardan 6 tasining ahvoli og‘irligi ma’lum qilingan.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi