O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar soni ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu  yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 117,6 ming kishini tashkil etdi. 115,6 ming kishi respublika hududlaridan, 2,0 ming kishi xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelgan.

Ko‘chib ketganlar soni esa 126,1 ming kishini tashkil etdi - 115,6 ming kishi respublika hududlariga, 10,5 ming kishi xorijiy mamlakatlarga. Migratsiya saldosi minus 8,5 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning mos davrida minus 11,7 ming kishi bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 4,9 ming kishi), Samarqand (minus 4,0 ming kishi), Toshkent (minus 3,5) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,3 ming kishi) qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 19,3 ming kishi) kuzatildi.

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1971 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Qozog‘istonda - 31,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (23,1 foiz), Tojikiston (22,8 foiz), Qirg‘iziston (13,3 foiz) va boshqa davlatlar (9,7 foiz) joy oldi.

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 10 472 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Qozog‘istonda - 57,4 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (37,3 foiz), AQSH (0,9 foiz), Isroil (0,8 foiz) va boshqa davlatlar (3,6 foiz) joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonga ko'chib kelganlar va ko'chib ketganlar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar