O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 660 ming doza COVISHIELD vaksinasi keltirilmoqda

Jamiyat

image

Ma’lumki, vaksinatsiya jarayoni yuqumli kasalliklar profilaktikasida eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Aholini boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, aynan ushbu yuqumli kasalliklarni kamaytirish, kasallik o‘choqlarini jilovlash va tugatish, ularning eliminatsiyasiga erishishda  asosiy vosita demakdir. 

Bugungi kunda aholini koronavirusga qarshi emlash maqsadida O‘zbekistonga vaksina yetkazish masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Shu o‘rinda aytish kerakki, mamlakatda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ayni paytda qayerdan va qancha miqdorda vaksina olib kelinishi yuzasidan muzokaralar va o‘rganishlar olib borilmoqda. Bu haqda Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF va JSST bilan hamkorlikda Respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni amalga oshirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, aholining yuqori xavfga ega qatlamlari belgilanib,  ularni emlash uchun 3138 ta emlash punktlari hamda 862 ta mobil brigadalar shay holga keltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) tashkilotining COVAX dasturiga a’zo davlatlar qatoriga kiritilgan. Joriy iylning yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusga qarshi emlash uchun vaksina yetkazib berish yuzasidan buyurtma GAVI tashkilotiga taqdim etilgan edi. Ushbu hamkorlik doirasida yilning oxiriga qadar mamlakatimizga umumiy miqdorda 20 foiz aholini emlash uchun yetarli darajada vaksina, shprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. COVAX fondi hisobidan O‘zbekistonga 2,64 mln doza AstraZeneca vaksinasini, shundan 2021 yilning I-choragida 35-40 foizini, qolgan qismini II chorakdan dunyo bo‘ylab vaksinalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich yetkazib berilishi ma’lum qilingan edi. 2021 yil 5 mart kuni respublikamizga shprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari keldi va taqsimot asosida joylarga tarqatilgan.
 
Ertaga, 17 mart kuni soat 01:55 da (Toshkent vaqti bilan) O‘zbekiston Respublikasi Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga Hindiston davlatidan COVAX dasturi orqali UNICEF tashkiloti tomonidan umumiy narxi 1 mln 980 ming dollarlik 660 ming doza COVID-19 ga qarshi COVISHIELD vaksinasi muravvat yordami sifatida Toshkent Xalqaro aeroportiga keltirilmoqda. 

Ushbu vaksinalar bilan Respublikada aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarining boshlanishi ma’lm qilingan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing