O‘zbekistonga kirishda sayyohda COVID-19 aniqlansa, qanday yo‘l tutiladi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi davrida xorijiy davlatlar hududidan mamlakatga tashrif buyurish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, havo va temir yo‘l orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR (polimera zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim qiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orkali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija kayd etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan takdirda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

“Sariq” va “qizil” toifaga ajratilgan davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda majburiyatnoma to‘ldirgan holda, 14 kunga yashash joyi bo‘yicha yoki mehmonxonada uy karantinini o‘tashlari talab etiladi.

O‘zbekistonga turist sifatida kelayotgan chet el fuqarolari va mamlakatda doimiy istiqomat qilmaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan turoperator tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillariga zarurat bo‘lganda turizm xizmati ko‘rsatilayotgan shaxslar va turizm xizmatini ko‘rsatish shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan vaucher taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralari o‘tish punktlarida, xalqaro aeroport hamda vokzallardan O‘zbekistonga “sariq” va “qizil” davlatlardan turoperator yoki turagent xizmatlaridan foydalanmagan holda mustaqil tashrif buyurayotgan turistlar umumiy tartibda kirib kelishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida turist tomonidan koronavirus infeksiyasining mavjud alomatlari tufayli topshirilgan test natijalari musbat chiqqanda o‘z mamlakatiga qaytib ketish masalasi shu kundagi muayyan aviakompaniya yoki boshqa transport kompaniyalarining yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq, O‘zbekistonga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan xorijliklarda COVID-19 infeksiyasi aniqlansa, mamlakat hududiga kiritilmasligi haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made