O‘zbekistonga xorijdan qancha pul jo‘natilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 4,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank bayonotida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bu 2020 yilning mos davriga (3,6 mlrd. dollar) nisbatan 35 foizga, 2019 yilning mos davriga (3,9 mlrd. dollar) nisbatan esa 26 foizga ko‘p.

O‘zbekistonga xorijiy valyuta kirishining ko‘payishi aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Turkiyani hisobga olmaganda asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Qayd etilishicha, ushbu omillar o‘z navbatida ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda. Yilning dastlabki 8 oyi davomida so‘m almashuv kursi 10449-10683 so‘m/AQSH dollari oralig‘ida tebranib, yil boshidan beri 2 foizga qadrsizlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing