O‘zbekistonga kelayotgan avtobus halokatga uchradi
Olam
−
23 fevral 2023 14354 1 daqiqa
Rossiyaning Orenburg viloyatida O‘zbekistonga kelayotgan yo‘lovchi avtobusi ariqqa ag‘darilib ketdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqadagi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchi avtobus Nijniy Novgoroddan yo‘lga chiqib, Orenburg viloyatining Tatarskaya Kargala qishlog‘i yaqinida ariq yonida ag‘darilgan. Avtobusda 29 kishi, jumladan, bolalar ham bo‘lgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Orenburg viloyat boshqarmasi avtobusda to‘rt nafar bola bo‘lgani, yo‘lovchilar dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgani, keyin esa boshqa avtobusda yo‘lni davom ettirganini ma’lum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam mutaxassislari uch kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘istonda ichida 33 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus to‘xtab qolib, yo‘lovchilar evakuatsiya qilingandi.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi