O‘zbekistonga yashirincha qurol va o‘q-dori olib kirayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari orqali O‘zbekistonga o‘tochar qurol olib kirayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Aniqlangan holatlardan birida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha,  2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlangan.

Yana bir holatda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasidagi chang yutgich ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar borligi aniqlangan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona postida xorijdan uchib kelgan fuqaro D.J.ga tegishli yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada, yuklar orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan  2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

931

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing