O‘zbekistonga qariyb 2,5 mln doza vaksina olib kelindi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2021 5571 2 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan avval ZF-UZ-VAC 2001 ning:
• 27 martda — 1 million doza;
• 27 aprelda — 1 million doza;
• 18 mayda — 1 million doza;
• 19 mayda — 500 ming doza;
• 10 iyunda — 1 million doza;
• 29 iyunda — 1 million doza;
• 30 iyunda — 1 million doza;
• 20 iyulda — 1 million doza;
• 21 iyulda — 1 million doza;
• 5 avgustda — 1 million doza;
• 6 avgustda — 1 million doza;
• 22 avgustda — 3 million doza;
• 5 sentyabrda — 1,5 million doza;
• 6 sentyabrda — 3 million doza partiyalari keltirilgan.
Bunga mamlakatga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
• 1 594 480 dozasi AstraZeneca;
• 20 499 668 million dozasi ZF-UZ-VAC 2001;
• 460 000 dozasi “Sputnik V”;
• 3 000 060 dozasi Moderna;
• 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatda jami 19 197 082 doza vaksinadan foydalanildi. To‘liq emlangan fuqarolar soni esa 4 007 732 nafarga yetdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr