O‘zbekistonga Germaniyadan 356 ming doza vaksina olib kelindi

Jamiyat

−

image

Bugun, 11 sentyabr kuni tunda O‘zbekistonga Germaniyadan COVAX doirasida 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Bunga qadar ushbu vaksinadan O‘zbekistonga:

•    17 martda 660 000 doza;
•    16 iyunda 50 000 doza;
•    14 avgustda 276 480 doza keltirilgan edi.

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 22 802 540 dozani tashkil qilmoqda. 

Ulardan:

•    460 000 dozasi "Sputnik V", 
•    1 342 480  dozasi AstraZeneca,
•    18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
•    3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Ayni kungacha mamlakatda jami 16 600 174 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 022 789 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing