O‘zbekistonga Erondan o‘ta issiq havo kirib keladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 3–7 iyun kunlari Eron hududlaridan O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga mamlakat hududida issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
    
Ma’lum qilinishicha, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 7-10 gradusga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ertaga, 3 iyun kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

824

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing