O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan keladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga joriy yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga aprel oyida eng ko‘p quyidagi davlatlardan turistlar kelgan:

•  Rossiya –  29,3 ming nafar; 
•  Turkiya – 4,5 ming nafar; 
•  Germaniya – 1,4 ming nafar; 
•  Fransiya – 1,2 ming nafar; 
•  Belarus – 1,2 ming nafar; 
•  Koreya – 900 nafar; 
•  Buyuk Britaniya – 800 nafar; 
•  Ispaniya – 700 nafar;
•  AQSH – 700 nafar; 
•  Italiya – 500 nafar.

Avvalroq, O‘zbekiston CrescentRating tomonidan har yili e’lon qilinadigan World Muslim Travel Index’da kuchli o‘ntalikka kirgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

740

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing