O‘zbekistonga elektromobil importi 7 baravar ko‘paydi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 613 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.

2021 yilning 10 oyida O‘zbekistonga asosan quyidagi davlatlardan elektromobillar import qilingan:

•    Xitoy – 551 ta
•    Turkiya – 24 ta
•    Litva – 13 ta 
•    Germaniya – 9 ta
•    AQSH – 7 ta
•    Koreya – 5 ta
•    Ispaniya – 2 ta
•    Rossiya – 1 ta
•    Gongkong – 1 ta

2021 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston xorijdan 55 ta elektromobil import qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing