O‘zbekistonga Chevrolet Onix avtomobillari olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix modellari ortilgan avtovoz Toshkent bo‘ylab harakatlangani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

“O‘zavtosanoat” AJ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kamsonli Chevrolet Onix avtomobillari sinov uchun Braziliyadan olib kelingan.

“O‘zbekiston yo‘llarida olib kelinayotgani ko‘ringan Chevrolet Onix avtomobillari sinov uchun namunalar bo‘lib, batafsil o‘rganish uchun bir nechta sotib olingan.

Ushbu nusxalar mahalliy iqlim sharoitida sinov o‘tkazish va potensial xaridorlarning fikrlarini o‘rganish uchun sotib olingan”, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyunida “UzAutoMotors” AJ Chevrolet Onix sedanini mahalliylashtirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq kompaniya 2020 yilda Chevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yuborgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chevrolet Onix

Baholaganlar

1241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar