O‘zbekistonga chetdan nechta “inomarka” olib kirilgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
28 Sentabr 2021
9315Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 22 ta xorijiy davlatdan qiymati 316,6 million dollariga teng bo‘lgan qariyb 15 mingta yengil avtomobillar import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 350 taga kamaygan.
2021 yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 4 652 ta
- Koreya – 3 597 ta
- Rossiya – 2 952 ta
- Qozog‘iston – 1 744 ta
- Polsha – 811 ta
- Litva – 427 ta
- AQSH – 331 ta
- Tailand – 250 ta
- Germaniya – 81 ta
- Yaponiya – 64 ta
- Turkiya – 25 ta
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan.
LiveBarchasi