O‘zbekistonga berilgan qarzlar qayerga ketdi?
Jamiyat
−
15 Oktabr 2021
12801Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 21,8 mlrd AQSH dollarini, ichki qarzi esa 2,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat qarzi departamenti direktori Jasur Qarshiboyev mazkur qarzlarning iqtisodiyot tarmoqlari kesimida qanchadan taqsimlangani haqidagi statistikani QALAMPIR.UZ’ga taqdim qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tashqi qarzning iqtisodiyot tarmoqlari kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
● Byudjetni qo‘llab-quvvatlashga – 4,7 mlrd dollar;
● elektr-energetikaga – 3,1 mlrd dollar;
● energetika (neft va gaz) – 2,7 mlrd dollar;
● transport va transport infratuzilmasiga – 2,5 mlrd dollar;
● qishloq va suv xo‘jaligiga – 2,3 mlrd dollar;
● uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga – 2,0 mlrd dollar;
● tijorat banklariga – 1,3 mlrd dollar;
● kimyo sanoatiga – 1,2 mlrd dollar;
● ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga – 0,7 mlrd dollar;
● telekommunikatsiya tarmoqlari uchun – 0,2 mlrd dollar;
● boshqa sohalarga – 1,1 mlrd dollar yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 15,4 mlrd dollarni, davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i esa 6,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatning umumiy tashqi qarzi birinchi yarim yillikda 2 milliard dollarga oshib, jami 35,9 mlrd dollarga yetganini e’lon qilgandi. Negadir Markaziy bank va Moliya vazirligi mulozimining qarz miqdori bo‘yicha bergan ma’lumotlarida tafovut bordek.
LiveBarchasi