O‘zbekistonga 5 oyda qancha avtomobil import qilingani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 150,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan avtomobillar import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi besh oy davomida qiymati 150,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilingan. May oyining o‘zida esa horijdan 37,2 mln AQSH dollariga teng import qilingan.

O‘zbekiston 5 oy davomida yengil avtomobillar eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Koreya – 42,7 mln.

• Xitoy – 41,1 mln.

 • Rossiya – 30,5 mln.

 • Qozog‘iston – 8,8 mln.

 • AQSH – 6,7 mln.

 • Tailand – 6,6 mln.

 • Polsha – 4,6 mln.

 • Germaniya – 3,9 mln.

 • Litva – 2,5 mln.

 • Yaponiya – 2,0 mln.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, joriy yilning yanvar-may oylarida import qilingan elektromobillar uchun 4,6 million dollar sarflangan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing