O‘zbekistonga 40 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
05 iyul 2021 4467 1 daqiqa
O‘zbekistonga Rossiyada ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugun, 5 iyul kuni tunda O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.1 iyun kuni "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi”, deyiladi xabarda.
Joriy yilning aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shunday qilib, O‘zbekistondagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025