O‘zbekistonga 25 mln dozagacha “Sputnik V” vaksinasi keltirilishi mumkin

Jamiyat

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining o‘nta davlatidan yettitasi – Belarus, Moldova, Armaniston va Markaziy Osiyoning to‘rtta Respublikasi aholini koronavirusga qarshi emlash uchun Rossiyaning “Sputnik V” preparatidan favqulodda foydalanishga ruxsat berganidan so‘ng ularning kamida oltitasida ushbu vaksina allaqachon emlash uchun ishlatilgan.

RBKning yozishicha, o‘tgan yilning oxirida Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RDIF) 2021 yilda O‘zbekiston 25 million dozagacha “Sputnik V” olish mumkinligi haqida xabar bergan (Toshkent hali ham shartnoma shartlari va yetkazib berishni boshlash to‘g‘risida kelishuvni kutmoqda). O‘zbekistonning COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha komissiyasi yaqin kelajakda Rossiyadan 1 million dozani olishni niyat qilganligini ta’kidlagan.

Shuningdek, MDH a’zosi bo‘lgan Ozarbayjon Rossiya vaksinasini hali ma’qullamagan (bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilinmagan), ammo Prezident Ilhom Aliyevning aytishicha, Baku Rossiyadan ushbu vaksinani kutmoqda.

MDHning assotsiatsiyalangan a’zosi maqomiga ega bo‘lgan Turkmaniston birdaniga ikkita rus dori vositasidan foydalanishni ma’qulladi – “Sputnik V” va “EpiVakKorona”.

Moskva bilan siyosiy aloqalarini deyarli uzib qo‘ygan, MDH tarkibidan chiqqan Gruziya va Ukraina hali Rossiya vaksinalarini sotib olishni rejalashtirmayapti. Fevral oyi boshida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya vaksinasining ishonchliligiga ishonch hosil qilmaganligini aytdi, shuningdek Tbilisi rus dori vositasini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Rossiyaning postsovet davlatlariga yetkazib beradigan vaksinalar soni va ularning narxi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing