O‘zbekiston 2022 yilda atir importi uchun qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 8,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan atir xaridini amalga oshirgan. Importning umumiy hajmi 663,3 tonna bo‘lib, jami 23 ta davlatdan olib kelingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p atir Rossiyadan import qilingan bo‘lib, bu umumiy hajmning yarmidan ortiq – 374 tonnani tashkil qiladi. 

Quyida 11 oy davomida eng ko‘p atir import qilgan davlatlar ro‘yxatini  ko‘rishingiz mumkin:

Rossiya – 374 tonna
Polsha – 152,4 tonna
Turkiya – 50 tonna
Fransiya – 13,7 tonna
Belarus – 13,6 tonna 

Bu ko‘rsatkichlar 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 86,6 tonnaga kamayganini ko‘rish mumkin.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing