O‘zbekistondan Ufaga borish yanada osonlashdi 

Jamiyat

image

Bugun, 8 fevral kuni 371/372- sonli “Andijon – Ufa – Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha poyezd ilk bor harakatlana boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu poyezd qatnovi muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Xabar qilinishicha, vodiy viloyatlaridan MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan chiptalar xarid qilib, Ufa orqali bemalol borib kelishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Andijon vokzalidan, hozirda har kuni 2 marta “Andijon — Toshkent — Andijon” yo‘nalishida, haftada bir marta “Andijon-Buxoro-Andijon”, “Andijon-Xiva-Andijon”, “Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishlarida, shuningdek, haftada 2 marotaba“Andijon-Moskva-Andijon” xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing