O‘zbekistondan Rossiyaga migrantlarni poyezdlarda olib ketish tartibi tasdiqlanadi
Olam
−
14 Sentabr 2021
4847Rossiyaga O‘zbekistondan poyezdlarda mehnat migrantlarini olib kelish tartibi tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.
“Biz RF Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova bloki bilan O‘zbekistonda nafaqat qurilish uchun, balki uy-joy kommunal xo‘jaligi va savdo uchun ham ishchi kuchlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishga kelishib oldik. Quruvchilarning ulushi 46 foizni tashkil qiladi”, degan Xusnullin.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘rinbosariga ko‘ra, Rossiyada ishlashni istagan muhojirlarga emlashni tashkil etish, so‘ngra O‘zbekistondan charter poyezd reyslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Qurilishi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan charter poyezdlarida qurilish maydonlarida ishlash uchun migrantlarni olib ketish tartibini muhokama qilgan edi. Yil oxirigacha migrantlarni yangicha tartibda Rossiyaga olib kirishni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi