O‘zbekistondan Rossiyaga kirishga ruxsat berildimi? Elchixona eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral holatiga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelishi, jumladan, o‘qish maqsadida kelishi uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilgani yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xabar berdi.

Rossiya iste’molchilar huquqlari va inson farovonligi himoyasi sohasida nazoratni amalga oshirish Federal xizmati saytida joylashtirilgan axborota ko‘ra, “yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi saqlanib qolayotgan sharoitda aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotgan xorijiy talabalar COVID-19 ga PSR usuli bilan ikki marta – Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelishdan ko‘pi bilan uch kun oldin hamda Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgandan so‘ng 72 soat mobaynida test topshiradi”.

Shu munosabat bilan, Elchixona Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oladigan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatga kirishga huquqi bo‘lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini yana bir marotaba eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing