O‘zbekistondan noqonuniy olib ketilgan madaniy boyliklar Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirildi

Madaniyat-san’at

photo_2021-08-25_11-09-15

Bugun, 25 avgust kuni Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan noyob tarixiy-madaniy boyliklar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga topshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi uchun madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan 29 ta qo‘lyozmalar va 16 ta sopol buyumlar 2016 yilda qonunbuzar tomonidan mamlakatdan yashirincha olib chiqib ketilgan.

Mazkur ashyolardan 9 dona qo‘lyozma va kitoblar arab, fors-turkiy tillarda yozilgan diniy matnlar va she’riy asarlar bo‘lib, taxminan 1644-1880 yillar davrida yaratilgan, 16 dona sopol buyumlardan 3 tasi esa o‘rta asrlar va yangi davrdagi (XV-XVII asrlar) Samarqand kulolchilik maktabiga mansub.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing