O‘zbekistondan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar tiklandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PSR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi. 

Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya hukumatining 2020 yil 16 martdan Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan, O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.

Aviakompaniya tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmaslikni so‘ragan. Chiptada ko‘rsatilgan va siz to‘lagan narxni taqqoslash “qattiq” tavsiya etilgan. Aviachipta aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilinsa, 3 foiz chegirma amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing