O‘zbekistondan Qozog‘istonga uchgan samolyot majburan ortga qaytdi
Jamiyat
−
12 iyul 2021 30435 1 daqiqa
Toshkent shahridan Olma-Ota hududiga uchayotgan samolyot ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi sabab ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Uzbekistan airways” Axborot xizmati xabar berdi.
“Bugun, 12 iyul kuni “Uzbekistan airways” AJning HY-763 reysi bo‘yicha Toshkent – Olma-Ota yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan “Airbus 320” samolyoti Qozog‘iston hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi sabab Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishdagi parvoz ob-havo sharoiti yaxshilanganidan so‘ng qayta amalga oshiriladi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr