O‘zbekistondan Qozog‘istonga borgan 4 kishi qozoq-rus chegarasini buzib o‘tmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
10 fevral 2023
11113Joriy yilning 4 fevral kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular 2023 yilning yanvar oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga qonuniy ravishda kelgan va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga ketishni rejalashtirgan.
Shuningdek, ushbu fuqarolarning Rossiyaga kirishi taqiqlangani sababli ular kamuflyaj kostyumlaridan foydalanib, tunda chegarani kesib o‘tishga uringan.
“Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi