O‘zbekistondan chiqib, Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobusda 47 yo‘lovchi bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani, oqibatda 12 kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik. Holat yuzasidan O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobus kecha, 26 avgust kuni soat 22:00 da “Toshkent” avtovokzalidan ikki nafar haydovchi va 47 nafar yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 kishi turli darajada tan jarohati olgan. 

Ushbu avtobus Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 7-uyda joylashgan “MIRONSHOX GRAND TRANS” MCHJga tegishli bo‘lib, joriy yilning 18 martida mazkur avtobusga litsenziya varaqasi Transport vazirligi tomonidan berilgan.

2018 yilda ishlab chiqarilgan “YUTONG BUS ZK6122H9” (Xitoy) rusumli avtobus oxirgi martta joriy yil 17 martda Toshkent shahri IIBB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘limida texnik ko‘rikdan o‘tgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan “MIRONSHOX GRAND TRANS” MCHJ rahbariyati va korxonada harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlar bilan vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing