O‘zbekistondan anomal sovuq qachon chiqib ketishi aniq bo‘ldi

Bu qiziq

Avvalroq hafta davomida O‘zbekistonga anomal sovuq havo kirib kelishi haqida xabar bergan edik. Dam olish kunlari antitsiklonning sovuq pariferiyasi buzilishi davom etadi va 10 yanvar, yakshanba kuniga kelib, yuqori bosim maydoni O‘zbekiston hududidan butunlay chiqib ketadi. Bu haqda “O‘zgidromet” QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kechalari harorat ko‘tarilishi sekinroq bo‘ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.

10 yanvar, yakshanba kuni kechalari sovuq 1-6 darajagacha bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 7-10 daraja iliqqacha isitadi. Nihoyat, harorat me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

Shu kunlarda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, asosan biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi joylariga asosan kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3865

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing