O‘zbekistondan $114 mingni olib chiqib ketayotgan kelinoyi qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
05 iyul 2022
21653Andijonda 113 815 AQSH dollarini O‘zbekiston hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Do‘stlik" chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘izistonga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro Z.Ya. bojxonachilar og‘zaki so‘rovida valyuta boyliklari yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng, ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan siyohrang polietilen paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Tekshirish natijasida nonlar orasiga qora rangli polietilen paketga o‘rab qo‘yilgan 73 815 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng fuqaro Z.Ya. xolislar ishtirokida bojxona shaxsiy ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning yonidan kiyimlari orasida yashirilgan yana 40 000 AQSH dollari borligi aniqlangan. Jami 113 815 AQSH dollarini O‘zbekiston hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishi oldi olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi