O‘zbekistondagi yaroqsiz liftlar 5 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
3-sahifa
−
20 dekabr 2022
9786O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida 5 kishi yaroqsiz liftlar sabab halok bo‘lgan. Bu haqda kecha, 19 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021-2022 yillar davomida mamlakatda liftlardan foydalanishda xavfsizlik talablarini bajarmaganlik oqibatida jami 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.
Ma’lumot uchun, Respublikadagi ko‘p qavatli uylarda jami 6200 dan ortiq lift qurilmalari mavjud. Shulardan 5000 dan ziyodi Toshkent shahrida o‘rnatilgan. Shuningdek, liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan va kapital ta’mirga muhtoj.
Bundan tashqari, Respublikada 2015 yildan boshlab 780 ga yaqin ko‘p xonali turar-joy uylari qurilgan bo‘lib, ularda jami 2000 dan ziyod lift qurilmalari o‘rnatilgan va bu ko‘rsatkich tobora oshib bormoqda. Xususan, Sanoat xavsizligi qo‘mitasi nazorati ostidagi xavf yuqori bo‘lgan ob’ektlarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 1500 dan ortiq lift qurilmalari mavjud.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi