O‘zbekistondagi turli millat vakillari farzandlariga qanday ismlar qo‘yyapti?
Bu qiziq
−
02 Sentabr 2021
12658Joriy yilning 8 oyida (yanvar-avgust) O‘zbekistonda 54 660 nafar o‘zga millatga mansub chaqaloq dunyoga keldi, shundan 23,3 ming nafari – tojik. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ularning 639 nafariga Muhammadali va 385 nafariga Mustafo ismlari qo‘yilgan. Keyingi o‘rinlarda qozoq va qirg‘iz millati vakillari turibdi. Ularda esa Alixan va Soliha ismlari yetakchilik qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda turkman va rus millatiga mansub chaqaloqlar ko‘p tug‘ilgan:
- turkman chaqaloqlar uchun – Muhammad;
- rus chaqaloqlar uchun – Sofiya;
- tatar chaqaloqlar uchun – Amir;
- uyg‘ur chaqaloqlar uchun – Muhammad;
- koreys chaqaloqlar uchun Mark ismi ko‘p tanlangan.
LiveBarchasi