O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar Bosh vazir lavozimiga nomzodlarini ko‘rsatyapti
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019
6518Ayni paytda O‘zbekistonda dekabr oyida kutilayotgan Parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar oldidan mamlakatdagi siyosiy partiyalar saylovlarda g‘alaba qozonsa kimni Bosh vazir lavozimiga olib kelishini ma’lum qilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi hozirda Adliya vaziri bo‘lib ishlab kelayotgan Ruslanbek Davletov nomzodini ilgari surayotgan bo‘lsa, tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan Ekologik partiya "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi Odil Temirovni, otaxon partiya hisoblanadigan Xalq demokratik partiyasi amaldagi Bosh vazir o‘rinbosari, Transport vaziri Ochilboy Ramatov nomzodini ko‘rsatyapti.
O‘zLiDep esa amalda bo‘lgan Bosh vazir Abdulla Aripov nomzodini ilgari suryapti. Faqat Milliy tiklanish demokratik partiyasi o‘z nomzodi e’lon qilmadi.
"Hozirdan nomzodimizni bosimda qoldirish noto‘g‘ri", dedi partiya lideri Alisher Qodirov.
LiveBarchasi