O‘zbekistondagi koronavirus bo‘yicha holat haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
06 iyun 2021
9626Joriy yilning 5 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 286 kishiga ortib, 101 722 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 6 nafari Buxoro viloyatida;
- 6 nafari Jizzax viloyatida;
- 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 5 nafari Navoiy viloyatida;
- 7 nafari Namangan viloyatida;
- 21 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 4 nafari Xorazm viloyatida;
- 35 nafari Toshkent viloyatida;
- 175 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar;
- Buxoro viloyatida 3 nafar;
- Jizzax viloyatida 14 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
- Namangan viloyatida 2 nafar;
- Samarqand viloyatida 23 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 21 nafar;
- Xorazm viloyatida 2 nafar;
- Toshkent shahrida 117 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97714 (+197) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3312 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi