O‘zbekistondagi Qozog‘iston elchisi o‘zgardi. Avvalgisi davlat pulini o‘marishda ayblangandi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayevni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.

“Utembayev Yerik Miltikbayevich Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi vazifasidan ozod qilindi”, deyiladi hujjatda.

Qozog‘istondagi O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib Darxan Amangeldiyevich Sotiboldi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, davlat byudjetidan pul o‘marishda gumonlangan Yerik Utembayev o‘tgan yilning oktyabr oyida vaqtincha lavozimidan ozod qilingandi. Utembayev davlat byudjetidan 140 mln tenge (380 ming dollar) o‘g‘irlashda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev Darxan Sotiboldi

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar