O‘zbekistondagi qaysi OTMda xorijlik professorlar ko‘p?
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
4616O‘zbekistonga xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar kelib faoliyat olib borayotgan davlatlar soni ikki barobarga oshib, bugungi kunda 62 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p xorijlik professor-o‘qituvchilar Turkiya, Belarus, Janubiy Koreya, Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan. Eng ko‘p talabalar Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Pokiston, Afg‘onistondan kelgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgacha eng ko‘p xorijiy professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlarida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar soni bo‘yicha OTMlar reytingi tuzilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston milliy universiteti birinchilikni egalladi.
“Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor o‘qituvchilar soni 2477 nafarga (o‘tgan yilda 2147 nafar), fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor o‘qituvchilar soni 8710 nafarga (o‘tgan yilda 7963 nafar) yetdi”, deya ta’kidladi Ulug‘bek Toshkenboyev.
LiveBarchasi