O‘zbekistondagi eng yaxshi va yomon OTMlar reytingi e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
17300O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati bo‘yicha reytingda Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti yetakchi o‘rinlarni egalladi. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, OTMlarning ilmiy salohiyati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti so‘nggi o‘rinlardan joy olgan.
Shuningdek, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilarning soni bo‘yicha O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti yetakchi o‘rinni egallab kulmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 ta OTMda bor yo‘g‘i 1 nafardan professor-o‘qituvchi mavjud bo‘lsa, 11 ta OTMda professor-o‘qituvchilar butunlay mavjud emas. Ular Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
LiveBarchasi