O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan viloyat ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hudud deb topildi. Chunki o‘tgan bir yil mobaynida viloyatda 8 ta korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 5 mlrd 643 million so‘m talon-taroj qilingani, 4,9 mlrd so‘mlik tender va 186,1 mln so‘mlik elektron do‘kon shaklidagi xaridlar qonun talablariga zid ravishda tashkil qilingani aniqlangan.

Shuningdek:
•    -  Andijon viloyatida 6 ta; 
•    -  Toshkent shahrida 6 ta; 
•    -  Jizzax viloyatida 4 ta;
•    -  Namangan viloyatida 3 ta; 
•    -  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta; 
•    -  Toshkent viloyatida 2 ta; 
•    -  Qashqadaryo viloyatida 1 ta; 
•    -  Navoiy viloyatida 1 ta korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan. 

Mazkur jinoyatlarning 4 tasi respublika, 10 tasi viloyat, 20 tasi tuman-shahar tashkilotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan bir yil mobaynida respublikada 34 ta korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat ishlarining 26 tasi byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish, 3 tasi hujjatlarni qalbakilashtirish, 2 tasi mansab vakolatini suiiste’mol qilish, 1 tasi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, 2 tasi firibgarlik va firibgarlik yo‘li bilan pora olish jinoyatlari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing