O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan 3 ta vazirlik ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Bekzod Rahmonov O‘zbekistondagi korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan vazirliklar uchligini ma’lum qildi. Bu haqda Agentlik tayyorlagan maxsus videoda so‘z boradi.

Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Qurilish vazirligi tizimida korrupsion holatlar ko‘p uchramoqda. Bu ma’lumotlar 2020 yil davomida sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar tahlili asosida shakllantirilgan.

Shu uchta vazirlikni korrupsiyadan xoli idoraga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Xalq ta’limi tizimida jami 78 mlrd so‘m moliyaviy xato va kamchiliklar, noqonuniy o‘zlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligida 16 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan va 22 mlrd so‘m byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

700

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing