O‘zbekistondagi banklarda naqd pul taqchilligi kuzatilyapti...mi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi banklar va ko‘chma bankomatlarda naqd pul uchun turnaqator navbatlar yuzaga kelmoqda. Bu, ayniqsa, chekka hududlarda ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq bankining Chiroqchi filiali oldidagi bankomatdan pul yechish uchun odamlar navbat kutayotgani, ularning aksariyatini keksalar tashkil etayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi. 

Hozirgacha O‘zbekiston Markaziy banki ham, Xalq banki ham mamlakat banklari va ko‘chma bankomatlarda naqd pul taqchilligi kuzatilayotgani bo‘yicha xabarlarga izoh bergani yo‘q. Tarmoqda esa allaqachon bahs-munozaralar avj olgan. 

Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z Telegram-kanalida vaziyatni sharhlashga uringan. Jumladan u shunday yozadi: 

“Keyingi kunlarda, ayniqsa viloyat va tumanlarda naqd pul yetishmovchiligi, bankomatlarda pul tugab qolayotgani to‘g‘risidagi masalalar ko‘p muhokama bo‘lmoqda. Hali aprel oyi statistikasi mavjud emas, lekin kundalik kuzatuvlar vositasida qator sabablarni keltirish mumkin.

Eng avvalo, mavsumiy iqtisodiy faollik oshib bormoqda, faollik oshishi doim likvidlikka va naqdlikka yuqori darajada talab hosil qiladi. Taklif esa o‘sib borayotgan talab ortidan ulgurmayapti.

Ikkinchi omil, mart oyiga nisbatan aprelda va mayning dastlabki o‘n kunligida pul o‘tkazmalari miqdorining keskin oshayotgani bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. O‘tkazma qabul qiluvchilar mablag‘larni dollar yo rublda emas, so‘mda olishni ma’qul deb hisoblashmoqda. Chunki mana 40 kundan oshdiki, so‘mning kursda va marjinal afzalligi yuqori bo‘lib turibdi.

Uchinchidan, banklarda naqd pul chiqimi ortayotganiga qaramay, naqd pul kirimida o‘sish kuzatilayotgani yo‘q, balki vaziyat kirim doim bir muddat otda qolishi bilan, balki norasmiy iqtisodiyot kengayib borayotgani bilan bog‘liqdir. Nima bo‘lgandayam, sifatliroq xulosa qilishga hali yana vaqt kerak.

To‘rtinchidan, bu sabab doim bo‘lib kelgan – banklarning, ayniqsa davlat banklarining bankomatlarni naqdlik bilan to‘ldirishda, taqsimot va tarmoq boshqaruvida texnik va logistik jihatdan ortda qolayotganiga borib taqaladi. Naqdlikka talab birmuncha ortishi bilan bu muammo yuzaga chiqib qolmoqda (bayramlar, dam olish kunlari, hayitlar arafasida ayniqsa). Demak, ayrim hududlarda bankomatlar tarmog‘i naqdlik bilan kuniga emas, kuniga bir necha marta to‘ldirilishi zarur. Albatta, bunda tariflarning erkin bo‘lishi banklarga yuqoriroq stimul rolini taqdim etgan bo‘lardi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing