O‘zbekistondagi aeroportlarni qo‘riqlash DXXning “Lochin”iga o‘tyapti

Jamiyat

image

2026 yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha aeroportlarni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlash Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tadi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov joriy yilning 13 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yilda qabul qilingan qaror bilan xalqaro aeroportlarni qo‘riqlash vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklanishi natijasida “Lochin” brigadasi qaytadan tashkil etilgan.

“Qisqa vaqt davomida ushbu brigada tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Uning jangovar shayligi va tayyorgarligi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, bragadaning qurol-aslahalari to‘liq yangilandi. 100 ga yaqin texnikalar almashtirildi. Jangovar xizmat faoliyatini boshqarish va nazorat qilish to‘liq raqamlashtirildi. Bir vaqtning o‘zida 700 nafar harbiy xizmatchi bilan mashg‘ulotlar olib borish imkonini beruvchi jangovar tayyorgarlik o‘quv xonalari va majmualari barpo etildi. Hududlarda brigadaning 5 ta ma’muriy ob’ekti yangidan barpo etildi”, deydi general. 

Qurbonovga ko‘ra, “Toshkent” va “Toshkent Humo” aeroportlarini qo‘riqlash bo‘yicha nazorat-patrul guruhlari asosida yangi tizim joriy etilgan. 2026 yilda ushbu samarali amaliyot respublikaning barcha aeroportlarida qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. 

Uning ma’lum qilishicha, brigada bo‘linmalarini yengil zirhli avtomobillar, kvadrotsikllar va zamonaviy tungi ko‘rish moslamalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettiriladi. 

Ma’lumot uchun, 2024 yil noyabr oyida Prezident farmoni bilan Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Ushbu tayinlovdan so‘ng aeroportlar va boshqa strategik ob’ektlar xavfsizligini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yordamida kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

DXX tarkibidagi "Lochin" maxsus bo‘linmasi aeroportlarda terrorchilikka qarshi kurash, o‘ta muhim shaxslar (VIP) xavfsizligini ta’minlash va yuqori darajadagi tezkor qo‘riqlash vazifalarini bajaradi/


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing