O‘zbekistondagi 4 ta shaharda Yevropa filmlari bepul namoyish etiladi
Madaniyat-san’at
−
08 Oktabr 2019
3873“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan birga O‘zbekiston Elektron Ommaviy Axborot vositalari Milliy Assosatsiyasining (EOAVMA) ko‘magida O‘zbekistonda 11 oktyabrdan 10 noyabrgacha VII Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekkino axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu yilgi festival dasturida Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzax shaharlaridagi kinoteatrlarda Yevropaning yetakchi rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Ochilish marosimi 11 oktyabr kuni Toshkentda, EOAVMA “Media-xoll” binosida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng “Belgiyaliklar Qiroli” badiiy filmi namoyish etiladi.
Festival Toshkentda joriy yilning 18 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
VII Yevropa kinosi festivali doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida – 24-26 oktyabr, Xorazm viloyatining Urganch shahrida – 1-3 noyabr va Jizzax viloyatining Jizzax shahri kinoteatrlarida – 8-10 noyabr kunlari namoyish etiladi.
Festival doirasida Yevropaning 12 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Gollandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiyaning taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar taqdim etiladi.
Bular: “Belgiyaliklar Qiroli”, “Qishdagi Luiza”, “Stefan Tsveig: Yevropa bilan xayrlashuv”, “Imtihon” va “Kichik fermer” , “Homo sapiyens”, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirig‘i”, “Chyambra”, “Hayotdagi eng baxtli kun” “Jannat 89” kabi filmlaridir.
Filmlar o‘zbek va rus tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi. Barcha kinoseanslarga kirish – bepul.
LiveBarchasi