O‘zbekistondagi 3 nafar vazir o‘rinbosari va qo‘mita raislarining 6 nafar o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda madaniyat, qurilish va transport vazirlarining o‘rinbosarlari va turli qo‘mitalar raislarining o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lum qilinishicha:

  • Kamola Oqilova Madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i lavozimidan;
  • Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari — Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
  • Akmal Mirzayev Transport vazirining o‘ribosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi turli qo‘mita raislarining 6 nafar o‘rinbosari ishdan olingan:

  • Shamsiddin Alimov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitai rasisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Nuriddin Murodov va Nodir Muhiddinov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimidan;
  • Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Mahmudjon Ziyadullayev Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Olim Hakimov O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Abdushukur Xamzayev O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi ilmiy izlanish instituti direktori lavozimidan ozod etildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing