O‘zbekistondagi 13 ta tuman innovatsion hududga aylantiriladi
Jamiyat
−
03 aprel 2021
13530O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari hamda 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Farmonga muvofiq, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari tashkil etildi.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi unga Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi va Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini qo‘shib olish yo‘li bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro‘yxati (13 ta) tasdiqlandi.
OTMning ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy qilinadi.
Shunga ko‘ra, har yil yakuni bo‘yicha ilmiy tashkilotlarning hamda har o‘quv yili yakuni bo‘yicha OTMning ilmiy va innovatsion faoliyati baholanadi.
Baholash natijalariga ko‘ra, OTM va ilmiy tashkilotlar rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo‘llash haqida tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritiladi.
LiveBarchasi