O‘zbekistondagi 10 ta OTM rektorlari lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bugun, 14 fevral kuni imzolangan 82-sonli qarori bilan:

Alisher Yusubjonovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Bahodir Boyiulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudoyberdiyevich Doniyorov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

Sobitxon Toshiulatovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi. 

Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Ahmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarkand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi. 

Jasur Alimjonovich Rizayev Samarkand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi. 

Orifjan Shodiyevich Bozorov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Mahmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 
 
Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

Mamirjon Yusupovich Atadjanov Цукон davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon G‘ulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi. 

Abdullajon Qodirovich Hamroqulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori – Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing