O‘zbekistondagi har bir chet el valyutasi bo‘yicha alohida YAG‘Hlar ochiladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2019
11161Buyurtmachilarning chet el valyutasidagi mablag‘lari YAG‘Hga kirim qilinadi hamda ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Qaror bilan tasdiqlanadigan nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan byudjet tizimi byudjetlariga tadbiq etiladi.
Mazkur nizomning amal qilishi davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar bilan bog‘liq operatsiyalarga tadbiq etilmaydi va ushbu operatsiyalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Har bir chet el valyutasi bo‘yicha alohida yagona g‘azna hisobvaraqlar ochiladi.
Byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga G‘aznachilik tomonidan yagona g‘azna hisobvaraqdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish chet el valyutasidagi mablag‘larini kirim qilish, to‘lovlarni amalga oshirish, hisobini yuritish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimlari o‘rtasida elektron raqamli imzo qo‘llanilgan holda axborot almashiniladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasida to‘lanadigan to‘lovlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibda tushumlar bo‘yicha chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning chet el valyutasidagi tushumlari (mablag‘lari) yagona g‘azna hisobvaraqga kirim qilinadi hamda ularning shanxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Buyurtmachilarning xarajatlari (to‘lovlari) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari qoldiqlari doirasida yagona g‘azna hisobvaraqdan G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan axborot tizimida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi