O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi
Jamiyat
−
05 yanvar 2022 9374 2 daqiqa
O‘zbekistonda 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida so‘z boradi.
Bunda, “UZ” domen zonasi Internet-makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlarini va muhim axborot infratuzilmasiga taaluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilanadi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlik qayta ko‘rib chiqilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Strategiyaga ko‘ra, axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.
Bunda:
• kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish;
• “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallashtirish;
• IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash, hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutiladi.
Kiberjinoyatchilik uchun amaldagi qonunchilikda qanday jazo bor?
Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
2 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh bo‘lib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab bo‘lishi mumkin.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr