O‘zbekistonda jigar transplantatsiyasi amalga oshiriladi

Salomatlik

image

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida hindistonlik jarrohlar bilan jigar transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur shartnoma Hindistonning Haydarobod shahridagi Osiyo gastroenterologiya instituti klinikasi bilan tuzilgan. Unga ko‘ra, uch oy ichida o‘zaro hamkorlikda ilk jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarilishi ko‘zda tutilgan.

“Imzolangan memoradumga ko‘ra, o‘zbekistonlik xirurglarning 6 nafari shu yilning mart oyidan boshlab ishlash va o‘qishga Hindistonga yuboriladi”, deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh rahbari Davron To‘laganov.

Qo‘shimcha qilinishicha, ilmiy markazda kelgusida jigar transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yurak ko‘chirib o‘tish operatsiyasini ham amalga oshirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing