O‘zbekistonda Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi

Jamiyat

image

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln so‘m va 9,6 mlrd AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish maqsadida 2020 yil 1 iyunga qadar jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Loyihada Jamoatchilik palatasini tashkil etish va uning funksional vazifalarini belgilash ko‘zda utilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamoatchilik palatasi

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar